TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. AQSh Ukrainaga tank yetkazib berishga qaror qilgan bir paytda nafaqat Kiyev, balki uning qo‘g‘irchoqsozlari bilan ham gaplashishning foydasi yo‘q. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov ma’lum qildi.
“Bu boradagi bizning pozitsiyamiz yaxshi ma’lum, o‘ylaymanki, Vashingtonga ham. Ukraina inqirozini tartibga solishga oid har qanday jiddiy tashabbuslarni o‘rganib chiqishga tayyormiz, biroq hozircha ularni hech kim aniqroq qilib aytmadi. <...> Vashtington tank yetkazib berishga qaror qilganini e’lon qilgani, ularning vassallari esa, jumladan, Ottava, Ukrainaga kim ko‘p zirhli, ayniqsa eski texnika yetkazib berish bo‘yicha bellashayotgan bir paytda nafaqat ukrainalik millatchilar, balki ularning qo‘g‘irchoqsozlari bilan ham gaplashishning foydasi yo‘q. Ularning ko‘pchiligi o‘z nodonligida ko‘rsatishda shunchaki kulguli”, - dedi Rabkov RIA Novostiga bergan intervyusida.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh Ukraina inqirozidagi nafaqat asosiy dirijor, balki undan asosiy foyda oluvchidir. Rabkovning tushuntirishicha, Vashington Ukrainani o‘zining harbiy-sanoat majmuasi mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish uchun poligon sifatida ko‘rmoqda.
“Shu bilan birga ittifoqchilaridan harbiy texnikalarni olib, ularni Ukrainaning harbiy harakatlari teatriga “utilizatsiyaga” yuborib, amerikaliklar yevropaliklarga yangi, ko‘p milliardli o‘zining harbiy mahsulotlarini sotib olishga undashga umid qilishmoqda”, - dedi u.