“To‘qqiz yil ilgari davlat to‘ntarilishi natijasida Kiyevdagi hukumat Vashingtoning tashqi boshqaruvchiga o‘tdi, qo‘g‘irchoq millatchi rejim o‘rnatilgan edi. Maxsus harbiy operatsiya Ukraina fuqarolari va slavan zaminlari uchun amerikalik mustamlakachilardan ozod bo‘ladigan bo‘ldi”, - deya yozdi Volodin o‘zining Telegram-kanalida.
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.