TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Surxondaryo viloyati Angor tumanida “Spark” va tez yordam mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Voqea 28-yanvar kuni soat 4:10 larda M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining 1433-kilometrida sodir bo‘lgan.
Tez yordam mashinasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. “Spark” haydovchisi yo‘l qoidasini qo‘pol ravishda buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlanishi oqibatida avtomashinalar to‘qnashib ketgan.
Oqibatda “Spark”ning 22 yoshli haydovchisi olgan og‘ir tan jarohati sabab voqea joyida vafot etgan. Tengdoshi bo‘lgan yo‘lovchisi esa og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.