TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Bollivud aktorlari bilan ShHT davlatlarining filmlar festivalida ishtirok etmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Hindistonning Mumbay shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning badiiy va televizion filmlar festivali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.
ShHT davlatlarining filmlar festivali
© Kinematografiya agentligi
Tomoshabinlar Hindiston, Xitoy, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekistondan kelgan aktor va aktrisalarni katta hursandchilik bilan kutib oldishdi.
Hindistonlik kinoijodkorlardan Hema Malini, Akshay Kumar, Punam Dillon, Tayger Shrof, Elli Avr Ramlar katnashdi.
ShHT davlatlarining filmlar festivali
© Kinematografiya agentligi
Hind kinoyulduzlari festivalning ramziy chirog‘ini tantanali ravishda yoqib berishdi.
Festivalda ShHTga a’zo davlatlarning kinoijodkorlari taqdim etgan 14 ta badiiy filmi tanlovga qo‘yilgan.
Hakamlar hay’ati a’zolari orasida O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi Matoqub Matchonov ham bor.
O‘zbek kinoijodkorlari taqdim etadigan filmlar:
Dilmurod Masaidovning "Ayol qismati" va Hilol Nasimovning "Meros" badiiy filmi;
"Faridaning ikki ming qo‘shig‘i" va "101- reys" badiiy filmlari.