Hindistonning ikkita harbiy samolyoti o‘quv parvozlar vaqtida halokatga uchradi - video

Hindiston Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Su-30 va Mirage 2000 qiruvchi samolyotlari Gvaliordagi harbiy bazadan havoga ko‘tarilib, Madxya-Pradesh shtatida halokatga uchradi.
Sputnik
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Hindiston Harbiy-havo kuchlarining ikkita samolyoti o‘quv parvozlari vaqtida halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti Ani agentligiga tayanib xabar berdi.
Hindiston Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Su-30 va Mirage 2000 qiruvchi samolyotlari Gvaliordagi harbiy bazadan havoga ko‘tarilib, Madxya-Pradesh shtatida halokatga uchradi.
“Ikki uchuvchi tirik qolgan. Harbiy havo kuchlari guruhi uchinchi uchuvchining ahvolini aniqlash uchun tez orada vertolotda voqea joyiga yetib boradi", deydi agentlik suhbatdoshlari.