Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi

Qirg‘iziston vaqt sinovidan o‘tgan do‘stimiz – Mirziyoyev

Mirziyoyev taklif va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, keyingi ikki yilda O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligi juda samarali rivojlanganini qayd etdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Bishkekdagi “Ala-Archa” davlat qarorgohida tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev taklif va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, keyingi ikki yilda O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligi juda samarali rivojlanganini qayd etdi.
V gosudarstvennoy rezidensii "Ala-Archa" v Bishkeke Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Kirgizstana Sadir Japarov proveli vstrechu v uzkom sostave.
“Qirg‘iziston bizning muhim strategik hamkorimiz, eng yaqin qo‘shnimiz va vaqt bilan sinalgan do‘stimizdir”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tomonlar oxirgi ikki yilda o‘zaro munosabatlarni mutlaqo yangi darajaga olib chiqishga erishgani ta’kidlandi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining delimitatsiyasi yakuniga yetkazilgani esa tarixiy voqea sifatida e’tirof etildi.
Muzokaralarda ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
V gosudarstvennoy rezidensii "Ala-Archa" v Bishkeke Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Kirgizstana Sadir Japarov proveli vstrechu v uzkom sostave.
O‘zbekiston rahbari keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi yetti barobarga ko‘payganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ikki mamlakat hukumatlariga savdo hajmini yanada oshirish va o‘zaro mahsulot yetkazib berish nomenklaturasini kengaytirish yuzasidan birgalikda ishlash bo‘yicha topshiriq berildi.
Shuningdek, sanoat, to‘qimachilik, energetika, kon va qishloq xo‘jaligi sohalarida yangi qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
V gosudarstvennoy rezidensii "Ala-Archa" v Bishkeke Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Kirgizstana Sadir Japarov proveli vstrechu v uzkom sostave.
Davlat rahbarlari mintaqaviy tuzilmalar va xalqaro muloqot maydonlari doirasidagi hamkorlikni, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlik, zamonaviy xatar va tahdidlarga samarali qarshi kurashish masalalarini ham muhokama qildilar.
Tomonlar ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni bundan buyon ham davom ettirishga intilishini tasdiqladi.