TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. Qo‘shma Shtatlar va Yevropa davlatlarining Ukrainaga G‘arbiy tanklar - Germaniyaning "Leopardlari", Amerikaning "Abrams"lari va Britaniyaning "Chellenjer"larini yetkazib berish haqidagi rasmiy bayonotlaridan bir necha soat o‘tgach, Politico keyingi qadam allaqachon muhokama qilinayotganini xabar qildi: Kiyevni zamonaviy qiruvchi samolyotlar bilan ta’minlash.
Manbalar jurnalistlarga aytishicha, G‘arb “Rossiyaning keskin reaksiyasini keltirib chiqarmaslik” uchun Kiyevga harbiy yordamni ataylab bosqichma-bosqich oshirib bormoqda. Ismi oshkor etilmagan diplomatlardan biri “G‘arbdagi ko‘plab davlatlar urushning birinchi bosqichida Ukrainaga ular bizdan so‘ragan barcha jihozlarni yetkazib bergan bo‘lsak, u holda Rossiyadan, jumladan, yadroviy jihatdan ham kuchli reaksiya bo‘ladi, deb hisoblaydi”, deb tushuntirdi.
Demak, G‘arbga xulosasiga ko‘ra, Rossiya ixtiyorida “kuchli reaksiya” uchun faqat bitta vosita – yadro quroli bor. Bu halokatli bo‘lganligi sababli, dunyo davlatlari undan foydalanishda o‘zini tiyib turadi. Bu "shoh"larning so‘nggi dalili bo‘lib, boshqa hech qanday imkon qolmaganda undan foydalaniladi. Xullas, G‘arbning Moskvaga bo‘lgan strategiyasi "qurbaqani sekin qaynatish", ya’ni qarama-qarshilik darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish, aks holda Moskva qizil tugmani bosishi mumkin.
Bu hurmatga loyiq, juda malakali yondashuv. Ammo bir muammo bor: Rossiya ham xuddi shunday ravishda G‘arbning o‘zini asta-sekin "qaynatmoqda" va bu jarayonda jiddiy muvaffaqiyatga erishdi.
Kiyevga tanklar yetkazib berish qaroriga hamroh bo‘lgan NATO ichidagi mojarolar va janjallar umuman sahnalashtirilmagan. G‘arbda voqealarning hozirgi rivoji u uchun qanchalik yomon va xavfli ekanini tushunadigan kuchlar yetarli.
Faqatgina "Germaniya tanklari Ukrainada ruslarga qarshi kurashadi" iborasi yevropaliklarning ham rossiyaliklarning ham milliy xotirasining chuqur qatlamlarini shu qadar tebratadiki, bu Ukraina mojarosida yangi sifat darajasida o‘zgarish keltirib chiqaradi.
Ammo gap faqat tanklarda emas. Ukraina G‘arb uchun ideal gibrid urushga aylanishi kerak edi va bir vaqt u hatto urushga aylangandek tuyuldi. Ukrainaliklar - ajoyib askarlar, ularning hammasini o‘limga jo‘natish mumkin. Shu bilan birga, NATOning xayolida ular faqat Ukrainaning o‘zida juda ko‘p bo‘lgan eski sovet texnikasida jang qiladi deb taxmin qilingan edi. NATO ularni razvedka ma’lumotlari va zamonaviy aloqa vositalari, yollanma askarlar va ba’zi moliyaviy yordam bilan ta’minlashi kerak edi.
Dastlabki rejaga ko‘ra, Ukrainada Moskva har tomonlama katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lishi kerak edi ham iqtisodiy ham harbiy. Keyin esa vayron qilingan hududlarni qo‘lga kiritishi kerak edi. Bundan tashqari, Ukraina g‘arbidagi Rossiyaga qarshi aholi doimiy sabotaj urushini olib borishi (albatta Yevropa va AQShning faol norasmiy yordami bilan) rejalashtirilgan edi.
Lekin maxsus harbiy operatsiyaning borishi ushbu rejalarni o‘zgartirib yubordi. Uning sekin harakatlanishi va Ukraina Qurolli Kuchlarining kuzgi hujum kichik muvaffaqiyatlari G‘arb rahbariyatida Rossiyani harbiy yo‘l bilan mag‘lub qilish mumkin degan ishonch uyg‘otdi va ular bu fikrga ikki qo‘llab yopishib olishdi.
Ushbu qarorga G‘arb hamma narsani tikdi va endi o‘z qarorining oqibatlarini kuzatmoqda.
G‘arb Ukrainani to‘liq iqtisodiy qaramoqqa olishiga to‘g‘ri keldi, uning iqtisodiyoti yo‘q bo‘lgan edi. Jahon bozorlaridagi trillion dollarlik pufakchalar va qo‘l ostida dollar bosma mashinkasi borligini hisobga olganda bu unchalik katta xarajat emas. Lekin bunchalik ko‘p milliardli xarajatlar G‘arbning dastlabki rejalarga kiritilmagan edi. O‘sib borayotgan iqtisodiy inqiroz sharoitida bunday ulkan qarz sezilarri bo‘lib qolishi mumkin.
Hozir bo‘lsa, sovet harbiy texnikasi namunalari tugadi, "Leopardlar", "Abramslar" va boshqa zamonaviy G‘arb texnikasini Ukraina jang maydoniga olib kirish - har jihatdan yomon g‘oya: birinchi dan qimmat, ikkinchidan o‘z zahiralarini bo‘shatish kerak va uchinchidan bu texnika mahalliy iqlim sharoitida o‘zini munosib ko‘rsatishi dargumon. Agar hammasi yomon tugasa bu ishlab chiqaruvchilarning obro‘siga va ularning biznes istiqbollariga kuchli zarba bo‘ladi. Yana bir muammo - malakali ukrainalik ekipajlarni tezda tayyorlash imkoni yo‘q bo‘lgani uchun G‘arb davlatlari Ukrainaga o‘zlarining "nafaqaxo‘rlarini" yuborishlari kerak. Bu bilan G‘arbning Rossiyaga qarshi go‘yoki "proksi" urushi haqiqiyga aylanadi. Aftidan ularda hozircha bu variantning muqobili yo‘q.
Ayni damda G‘arbda yana bir katta muammo paydo bo‘ldi - ukrainaliklar tugay boshladi. Bugun Ukraina bo‘ylab safarbarlikning yangi va yangi to‘lqinlari haqida ma’lumotlar kelmoqda, ammo mamlakatning safarbarlik zaxirasi tugashga yaqin qoldi. Mutaxassislar bir ovozdan yana 200-300 ming kishi to‘planishi mumkinligiga ishonishadi, ammo bu oxirgisi. Boshqa yo‘q.
Bu shuni anglatadiki, bir necha oy ichida (yoz yoki kuzda) G‘arb oldida katta muammo paydo bo‘ladi - Ukrainada uning uchun kurashadigan hech kim qolmaydi. O‘shanda ular hozirgi "Leopardlar va Abramslar" haqidagi qaroridan ancha og‘irroq qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi: yo bir yarim yil oldingi Afg‘onistonni tark etgani kabi Ukrainada o‘z mag‘lubiyatini tan olish va uni tashlab ketish yoki o‘z qo‘shinlarini rasman Rossiya bilan urushga jo‘natadi.
Muammo shundaki, G‘arb o‘z mag‘lubiyatini va Moskvaning g‘alabasini o‘zi uchun halokatli oqibatlarsiz tan ola olmaydi.
Rossiyada bir necha bor, jumladan, eng yuqori darajada ham hozirgi qarama-qarshilik Rossiya uchun hayot-mamot jangi ekani mamlakatning mavjudligi xavf ostida ekanligini aytdilgan edi.
Biroq, G‘arb ham xuddi shunday holatda. U mag‘lub bo‘lgan taqdirda - bir qutbli dunyoning, global dollar tizimining umri tugaydi. Umuman Yer sharida G‘arbning yarim ming yillik hukmronlik, eng rivojlangan, eng boy, eng qudratli, eng gullab-yashnagan davlatlar bo‘lish davri o‘z yakuniga yetadi, resurslar va iqtisodiy jihatdan.
Xo‘sh, G‘arb o‘z hukmronligi va yetakchiligini saqlab qolish va uzaytirish uchun nimalarga tayyor? Ehtimol hamma narsaga.
O‘z najot vositasi sifatida hozir G‘arb Rossiya ustidan harbiy g‘alabani tanladi. Endi G‘arb tanlangan yo‘l bo‘ylab ketmoqda va tobora asabiylashmoqda, chunki voqealar ular kutgan, rejalashtirgan va xohlagandek rivojlanmayapti. Tez orada G‘arb Vermaxt, meni kechirasiz, ya’ni Bundesver va NATOning boshqa qurolli kuchlari Rossiya armiyasi bilan. Ukraina jang maydonida yuzma-yuz uchrashuvga tayyormi yoki yo‘qmi degan savolga javob berishi kerak.