Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi

Bugun biz qirg‘iz-o‘zbek chegarasini delimitatsiya qilishni yakunlayapmiz - Japarov

Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari ishtirokida kengaytirilgan muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Bugun qirg‘iz-o‘zbek chegarasini delimitatsiya qilish yakunlanadi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Cadir Japarov Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan kengaytirilgan muzokaralar davomida ma’lum qildi.
Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari ishtirokida kengaytirilgan muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda. Unda so‘zga chiqqan prezident Sadir Japarov O‘zbekiston Qirg‘iziston uchun haqiqiy do‘st va ishonchli strategik sherik ekanligini qayd etib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, an’anaga ko‘ra, uchrashuv ochiq va do‘stona ruhda o‘tadi. Mamlakatlar o‘rtasida siyosiy qarama-qarshiliklar yo‘q.
“Ikki mamlakat o‘rtasida parlamentlararo aloqalar izchil rivojlanib, ular davlatlararo munosabatlarda muhim o‘rin tutadi.Bugun biz qirg‘iz-o‘zbek chegarasini delimitatsiya qilishni yakunlayapmiz. Bu haqiqatan ham tarixiy voqea. Biz muloqotga va o‘zaro maqbul yechimlarni izlashga tayyorligimizni namoyish etdik. Ishonchim komilki, chegaralar masalasiga chek qo‘yib, biz kelajak avlodlarimiz kamolotiga mustahkam poydevor qo‘yamiz”, deydi Japarov.
U o‘z so‘zida Shavkat Mirziyoyevni, qirg‘iz-o‘zbek chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha muhim masalalarni hal etishda beqiyos hissasi borligini qayd etib o‘tdi.
Aytilishicha, davlat tashrifi doirasida shartnomani ratifikatsiya yorliqlarini almashish orqali bunday muhim voqea ta’minlanishi alohida e’tiborga molik.
Shuningdek, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolanadi. Sadir Japarov o‘z so‘zida shu orqali munosabatlar misli ko‘rilmagan darajaga olib chiqilishini qo‘shimcha qildi.