AQShning Vyetnamdagi mag‘lubiyati, "o‘ziga choh qazishning" 50-yilligi

AQSh va NATO mamlakatlari o‘tgan yetmish yil ichida Yer sharining turli nuqtalarida o‘z tashabbusi bilan uyushtirilgan harbiy mojarolarning birortasida g‘alaba qozonmagan. Eng sharmandali mag‘lubiyatlaridan biri - Vyetnam urushidir.
Sputnik
TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. Amerika qo‘shinlari 1964-yil avgustidan (Vyetnamning suvli hududlarida sodir bo‘lgan provokatsiyadan so‘ng) 1973-yil 27-yanvargacha bevosita mojaroda qatnashgan. 27-yanvar – yarim asr oldin xuddi shu kuni AQSh hukumati Parijda urushni to‘xtatish to‘g‘risida bitim imzolagan. Amerikaliklar Janubiy Vyetnamdan eng so‘nggi kuchlarini mart oyi so‘nggida olib chiqqan. AQSh harbiy qo‘llovisiz qolgan Saygon rejimi 1975-yil 30-aprel kuni qulagan. Vashingtonning geosiyosiy falokatini mintaqadagi ittifoqdosh – Taybey “yoritib bergan”. U 1973-yil Tayvan orolidan Amerika harbiylarining chiqib ketishini talab qilgan edi.
AQShning Vyetnam Demokratik Respublikasi ishlariga harbiy aralashuvi sakkiz yildan ortiq davom etdi.
1965 yil kuzida mamlakat janubida harakatlangan partizanlar va AQSh armiyasi o‘rtasida keng qamrovli quruqlikdagi jangi boshlangan. AQShning Hindixitoydagi Qurolli Kuchlari soni uch yilda (1965 yildan) 185 ming “shtik”dan 543 minggacha yetgan. Urushda jami 2,6 mln “reynjer”, yoki har yili – AQSh armiyasi jangovar shaylik tarkibining 30%, dengiz piyodalari korpusining 66%, shuningdek, armiya aviatsiyasi vertolotlarining 30%, taktik aviatsiya samolyotlarining 40%, o‘t ochuvchi aviatashuvchilarning 13% ishtirok etgan.
Harbiy harakatlar bo‘lib o‘tgan yillar davomida amerikaliklar Vyetnamga xalqaro konvensiyalar bilan ta’qiqlangan napalm (yondiruvchi) va zaharlovchi moddalardan tashqari 7 mln tonna bomba tashlagan,. Partizanlarga qarshi kurashda AQSh armiya aviatsiyasi Vyetnam hududi ustidan gerbitsidlar va defoliantlar, jumladan, dioksin bilan "Agent Orange" sepib chiqqan.
AQSh davlat departamenti va Pentagonning strategik rejalariga ko‘ra, Hindixitoy yarimoroli 1960-yillar o‘rtasidan boshlab Amerikaning harbiy-siyosiy va iqtisodiy ekspansiyalarining sotsialistik mamlakatlardagi asosiy plasdarmi bo‘lishi kerak edi. Urushni Janubi- Sharqiy Osiyoda boshlashgan, chunki mintaqani SSSR va XXR qarama-qarshiligi uchun kuchsiz deb o‘ylashgan va Xitoyning Varshava kelishuvlarida bo‘lmagani uchun aynan shu yerda boshlashgan. Amerikaning peshonasiga orzular chippakka chiqishi yozilgan ekan.
Vyetnam urushi natijalariga ko‘ra, AQShning qaytarib bo‘lmas yo‘qotishlari 211 mingdan ortiq harbiy xizmatchi, shuningdek, 9000 samolyot va vertolotlar hamda ko‘kka sovurilgan 352 mlrd dollarni tashkil etadi. Bevosita Vyetnamda 60 ming nafar askar va zobitlar o‘ldirilgan yoki vafot etgan, 1700 nafar amerikalik bedarak yo‘qolgan. Qariyb 150 ming nafar Vyetnam veterani urushdan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.

G‘arb va Sharqning to‘qnashuvi

Amerika qo‘shinlari evakuatsiyasidan so‘ng Saygon armiyasi yana “tinchlikka erishish operatsiya”sini tiklashga va shimoliy hududlarni bombardimon qilishga uringan. Yashin tezligidagi “Xo Shi Min” operatsiyasidan so‘ng, 1975-yil aprelida Shimoliy Vyetnam qo‘shinlari Amerika qo‘g‘irchoqlari armiyasini tor-mor keltirgan, Janubiy Vyetnamni o‘z nazoratiga olgan va ikki respublikani yagona Sotsialistik Respublikaga birlashtirgan.
G‘alaba va mustaqillikka Vyetnam 3,3 mln dan ortiq inson hayoti evaziga erishdi: janglarda 1,1 mln Shimoliy Vyetnam xarbiy xizmatchilari va partizanlari halok bo‘lgan. 2 mln dan ortiq tinch aholi vakillari urush qurboniga aylangan.
AQShga nazorati ostida bo‘lgan Janubiy Vyetnam armiyasi 250 ming nafar jangchisidan ayrilgan. 1966-yil AQShga satellit mamlakatlarning (CEATO bloki) Gonoluluda bo‘lib o‘tgan konferensiyasida Janubiy Vyetnamga: Janubiy Koreya – 49000 askar, Tailand – 13 5000, Avstraliya – 8000, Filippin – 2000, Yangi Zelandiya – 350 nafar jangchi yuborgan. Albatta, ushbu mamlakatlar amerikaliklarning 1973-yildagi sharmandali mag‘lubiyatiga sherik bo‘lgan. Bugungi kunda AQShning Yevropadagi ittifoqdoshlari va qo‘g‘irchoq Kiyev rejimining “donor mamlakatlari” bu haqida eslaydimi?
SSSR va Xitoy Shimoliy Vyetnam tarafga 1965-yilda o‘tdi. Moskva iqtisodiy, siyosiy va harbiy yordam ko‘rsatdi - vyetnamlik o‘rtoqlar beminnat yordam sifatida 350 mln summada mablag‘, qurollar va o‘q-dorilar, jumladan, 95 ta S-75 “Dvina” zenit raketa komplekslari, 7500 dan ortiq zenit raketalari, 687 ta tank, 316 ta MiG samolyotlarini qabul qilib olgan. Sovet mutaxassislari vyetnamlik jangchilarga texnikani o‘zlashtirishga yordam bergan. Sovet harbiy OTM larida 10 mingdan ortiq vyetnamlik harbiy xizmatchilar tahsil olgan. 1965-yil iyulidan 1974-yilgacha Vyetnamdagi janglarda SSSR Qurolli kuchlarining 11 mingdan ortiq askar va serjantlari, ofitserlari va generallari qatnashgan.
Hindixitoydagi muvaffaqiyatsiz avanturadan so‘ng ham Vashington o‘ziga saboq chiqarmadi va o‘ziga choh qazishda davom etdi. AQSh bir necha marotaba dunyoni o‘z qoidalari va manfaatlariga ko‘ra qayta tuzmoqchi bo‘ldi, uydirma bahonalar bilan Salvadorda, Livanda, Grenadada, Liviyada, Panamada, Yugoslaviyada, Afg‘onistonda, Iroqda, Liviyada, Suriyada, Yamanda, Kamerunda harbiy operatsiyalar olib bordi. Albatta, ro‘yxat to‘liq emas, va unda amerikaliklar 2015-yildan buyon Vyetnam ssenariysini davom etayotgan Ukraina ham bor.