"Xo‘sh, nega ular urushni to‘xtatishni istamaydi? Chunki ular bundan mo‘may daromad olmoqda", - deydi Karlson.
Bular "BlackRock", "J.P. Morgan", "GoldmanSachs" kabi AQShning yirik qurilish va sarmoya kompaniyalaridir. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, "Ukrainaning tiklanishini real daromadlar va real investitsiyalar uchun yaxshi iqtisodiy imkoniyatdir", - deb Ukraina prezidenti so‘zlarini keltirdi boshlovchi.
"Ha, ha, siz Ukrainada juda ko‘p pul topishingiz mumkin! Dunyoda eng korrupsiya rivojlangan mamlakatlardan biri - Ukrainada hamma narsa ana shunday ishlaydi. Tasodifmi yoki yo‘q, lekin hukumatimiz Ukrainani M1 Abrams tanklari bilan ta’minlashini tasdiqladi. Nima bo‘layotgani aniq emasmi? Men uchun hammasi juda aniq" - deya qo‘shimcha qildi Karlson.