Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi

"Qirg‘iziston – O‘zbekiston" biznes-forumida 1,6 mlrd dollarlik hujjatlar imzolanadi - foto

Bishkekda "Qirg‘iziston – O‘zbekiston" biznes-forumi o‘z ishini boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan "Qirg‘iziston – O‘zbekiston" biznes-forumida 1,6 mlrd dollarlik 10 dan ortiq hujjat imzolanishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda "Qirg‘iziston – O‘zbekiston" biznes-forumi o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda Vazirlar Mahkamasi raisi – Qirg‘iziston prezidenti Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov yig‘ilganlarga tabrik so‘zi bilan murojaat qildi.
U mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari yuqori darajada ekanini ta’kidladi.
V Bishkeke otkrilsya biznes–forum "Kirgizstan - Uzbekistan"
"Mamlakatlarimiz keng qamrovli savdo-iqtisodiy hamkorlikka erishish uchun boy salohiyatga ega ekanligini ta’kidlamoqchiman. Umid qilamanki, forum samarali bo‘lib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi to‘laqonli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Ishonchim komilki, erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi yaqin kelajakda ikki davlatning savdo-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladi", — dedi Oqilbek Japarov.
Biznes-forum O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida o‘tkazilmoqda.
Tadbirning ochilish va hujjatlar imzolanish marosimidan so‘ng “Iqtisodiy hamkorlik istiqbollari”, “Ishbilarmon hamkorlik va eksport” mavzularida yalpi majlislar, shuningdek, “Mintaqaviy integratsiya va iqtisodiy rivojlanish” mavzularida davra suhbati o‘tkaziladi.
Kunning ikkinchi yarmida B2B uchrashuvlari va Qirg‘iziston-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4