TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi qardosh xalqlar hamkorligini yangi bosqichga olib chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan biznes forumda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlik uchun misli ko‘rilmagan sharoitlar yaratilgan va ikki tomonlama hamkorlik yangi sur’at kasb etgan, bunga prezidentlarning siyosiy irodasi va shaxsiy e’tibori sabab bo‘lgan.
“O‘zbekiston prezidentining davlat tashrifi qardosh xalqlar hamkorligini yangi bosqichga olib chiqadi, prezident Sadir Japarovning 2022-yil mart oyida Toshkentga davlat tashrifi bilan esa hukumatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish uchun mustahkam zamin yaratildi”, - dedi Umurzoqov.
U strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yilganini ta’kidladi. Rasmiyning fikricha, tadbirkorlar va viloyatlar rahbarlari o‘z kuchlarini Qirg‘izistonda qo‘shma korxonalar tashkil etishga yo‘naltirishi kerak.
Biznes forum O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida o‘tkazilmoqda.