Sovet davrida ikki respublika, jumladan, madaniyat sohasida ham yaqin hamkorlik qilgan. Masalan, 1918-yilda Qirg‘izistonda Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatriga asos solingan.
O‘zbekistonda 1969-yil sentabr oyida Qirg‘izistonning birinchi dekadasi, oradan bir yil o‘tib esa Qirg‘iziston SSRda qo‘shni respublika adabiyoti va san’ati dekadasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda 1966-yil 26-aprel kuni sodir bo‘lgan dahshatli zilzila oqibatida boshpanasiz qolgan fuqarolarga butun Sovet Ittifoqi yordamga keldi. Qirg‘iziston o‘shanda poytaxtda 7 ta panel uy va bolalar bog‘chasi qurgan. Shu sababli dekada ikki xalqning chinakam do‘stlik va qardoshlik bayramiga aylandi.