Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi

Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

Tashrif davomida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz respublikasi prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan bugun davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Oliy darajadagi muzokaralarda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilinadi”, deyiladi xabarda.
Tashrif davomida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.