TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi boshqaruvi burosi a’zoligidan ozod qilishni so‘rab ariza yozdi. Bu haqda RIA Novosti ittifoqdagi manbasiga tayangan holda xabar berdi.
“Bizda Usmonovning tegishli bayonoti bor”, - dedi agentlik suhbatdoshi.
Unda, xususan, tadbirkor “nafaqaga chiqqani va faol mehnat faoliyatini yakunlaganligi munosabati bilan "buro a’zoligidan ozod qilishni so‘ragani ko‘rsatilgan”, deya qo‘shimcha qildi u.