Transog‘lar iste’molini butunlay taqiqlash vaqti keldi – JSST

Transog‘lar lipometabolik kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi.
Sputnik
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Yiliga yarim million odamning yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida hayotdan erta ko‘z yumishiga sanoat yo‘li bilan ishlab chiqariladigan transog‘lar sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, shu bois Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarda 2021-yildan boshlab faqat 100 gramm yog‘ tarkibida 2 grammdan kam transog‘lar bo‘lgan mahsulotlar savdosiga ruxsat berilgan.
Daniyada esa sanoat yo‘li bilan tayyorlanadigan transog‘larga 20-yil oldin keskin cheklovlar joriy etilgan. Shu tufayli hozir ushbu davlatda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish holatlari sezilarli darajada kamaygan.
“Transog‘lar inson o‘limiga sabab bo‘luvchi zaharli moddalardir. Shunday ekan, ularning iste’molini butunlay taqiqlash vaqti keldi. Bu borada hukumatlarni keskin choralar ko‘rishga chaqiramiz”, deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus.
Tahlillarga ko‘ra, transog‘larni ko‘p iste’mol qilish sog‘liq uchun zararli. U lipometabolik kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi. Bundan tashqari, yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqaradi.
Tarkibida palma moyi bo‘lgan mahsulotlar ustidan nazorat kuchaytiriladi
Eslatib o‘tamiz, margarin, “fast-fud”, yarim tayyor yeguliklar, non va non mahsulotlari, qandolatlar hamda qovurilgan kartoshka frisi tarkibida transog‘lar ko‘p miqdorda uchraydi.