O‘zbekistonlik stol tennischi Fransiyadagi xalqaro musobaqada shohsupaga ko‘tarildi

Fransiyadagi stol tennisi bo‘yicha “ITTF World Hopes Week & Challenge 2023” xalqaro musobaqasida Arujan Kamalova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Fransiyada stol tennisi bo‘yicha “ITTF World Hopes Week & Challenge 2023” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi Arujan Kamalova bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan Kamalova chorak finalda mezbon sportchini mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda tailandlik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa eronlik sportchidan ustun kelib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Ushbu natijasi bilan u musobaqaning mart oyida Singapurda o‘tadigan navbatdagi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Stol tennisi: o‘zbekistonlik sportchilar JARda o‘tadigan JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi