TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning Kiyev o‘zi qo‘llashi mumkin bo‘lgan har qanday qurolni olishi kerakligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.
“Yevropa komissiyasi rahbari fon der Lyayen Ukrainaga u qo‘llashi mumkin bo‘lgan har qanday qurolni berishga chaqirdi. Nima, yadroviymi?” - deb yozdi diplomat Telegram kanalida.
Kuni kecha Yevrokomissiya rahbari 20-yanvar kuni Germaniyaning Ramshtayn aviabazasida Ukraina bo‘yicha aloqa guruhining uchrashuvi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda oldinga muhim qadam bo‘lishiga umid bildirdi va Kiyevga u foydalanishi mumkin bo‘lgan har qanday qurol-yarog‘ni berishga chaqirdi.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.