TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiya Donbass atrofidagi vaziyatni tartibga solish uchun tinch yo‘llar bilan qo‘lidan kelgan barcha ishni bajardi, biroq hamkorlarning aldovi tufayli buni amalga oshirishning imkoni bo‘ladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Biz uzoq sabr qildik, uzoq kelishishga urindik. Endi ma’lum bo‘lishicha, bizni shunchaki aldab kelishgan ekan. <...> Shunga qaramasdan biz bu vaziyatni tinch yo‘llar bilan tartibga solish uchun barcha imkoni bor ishni qildik. Bugun ravshan bo‘ldiki, buning imkoni yo‘q ekan”, - dedi Putin Ulug‘ Vatan urushi faxriylari va qamalni boshdan kechirgan Leningrad aholisi bilan uchrashuvda.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu paytda esa “dushman butun bu mojaroni o‘tkir va qaynoq bosqichga o‘tkazish uchun hozirlik ko‘rgan”.
“Hozir olib borayotgan ishidan boshqa qiladigan hech bir choramiz qolmagandi”, - deya xulosa qildi Putin.
2022 yil 24-fevralidan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.