Bir vaqtlar yevropaliklar biz taklif qilgan uzoq muddatli shartnomalardan voz kechib, gazni birjada spot narxlarda xarid qilishni so‘ragan edi. Endi bo‘lsa birjadagi narxlar, o‘zingizga ma’lum, va yevropaliklarning o‘zi Qatarga uzoq muddatli shartnoma tuzish uchun murojaat qilmoqda. Qatar ham mayli marhamat – faqat kamida 15-yil dedi. Shundan so‘ng ular AQShga murojaat qilishdi –AQSh ham kamida 15-yil talab qilgan. Bu kecha ma’lum bo‘ldi.
Natijada ayrim yevropalik ishlab chiqaruvchilar sekin asta Amerikaga ko‘chib o‘tmoqda. Buni yashirib bo‘lmaydi. Darvoqe, ekspertlar aytishiga ko‘ra Ukraina atrofida bo‘layotgan voqealarning maqsadlaridan biri ham aynan shu bo‘lgan. Ya’ni Yevropa biznesini raqobatdan chiqarish, iloji bo‘lsa o‘ziga bo‘ysundirish. Buni yangi, aniqrog‘i odatiy, kolonializm deyish mumkin. Uning maqsadi har doimgidek – yangi hududlarni o‘ziga bo‘ysundirish va uning resurslaridan foydalanish. Dastlab Yevropa, keyin ehtimol Xitoy", - dedi Lavrov.
Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng Yevropa Ittifoqi davlatlari AQSh bosimi ostida Rossiyaga nisbatan misli ko‘rilmagan sanksiyalar kiritdi. Rossiya bunga javoban o‘z gazini faqat rublda sotishini belgiladi.
Ustiga ustak qurib bitkazilgan va foydalanishga tayyor bo‘lgan Rossiya va bir necha YeI davlatlari sherikligida qurilgan "Shimoliy oqim-2" gaz quvurida diversiya uyushtirildi va quvur portlatib yuborildi. Shundan so‘ng Yevropada faqat cheklangan miqdorda Rossiya gazini olish imkoni qoldi.
YeI Qatar va AQShdan olib kelinadigan suyultirilgan gazga o‘tishga majbur bo‘ldi, birjada gaz va elektr energiyasi narxi keskin oshib ketdi. Bundan nafaqat uy xo‘jaliklari balkim ishlab chiqaruvchilar ko‘proq zarar ko‘ra boshladi. Ko‘plab zavod-fabrika va fermer xo‘jaliklari faoliyatini to‘xtatishga yoki boshqa hududlarga ko‘chishga majbur bo‘ldi.