TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Tojikistonlik futbolchi Akmal Xolmatov O‘zbekistonning “Buxoro” klubiga murabbiy bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.
Sportchini jamoaga “Buxoro” bosh murabbiyi Hakim Fuzailov taklif qilgan. Klub yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida jamoa va murabbiylar tarkibini kuchaytirmoqda.
Xolmatov o‘zining futbol faoliyati davomida Tojikistonning “Istiqlol” va “Regar-TadAZ”, shuningdek, O‘zbekistonning “Neftchi”, “Paxtakor”, “Andijon”, “So‘g‘diyona” va Eronning “PAS” klublarida to‘p surgan.
2001 yilda sportchi O‘zbekiston fuqaroligini olgan. 2019-yilda u futbolchi sifatida faoliyatini yakunlagani va murabbiylik faoliyatini boshlash istagi borligini e’lon qilgan.