O‘zbekiston Singapur tajribasi asosida aeroportlarini rivojlantiradi

Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston respublikasi Transport vazirligi va Singapur respublikasi Transport vazirligi o‘rtasida transport sohasida bitim imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat transport vazirlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov va Singapur transport vaziri S.Isvaran ikki mamlakat o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
V ramkax gosudarstvennogo vizita Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyeyeva v Singapur sostoyalis peregovori ministrov transporta dvux stran.
Xususan, tomonlar Singapur tajribasi asosida aeroportlarni rivojlantirish, jamoat transportini raqamlashtirish, respublikada transport-logistika markazlarini qurish, shuningdek, o‘zbek mutaxassislarini Singapurda tajribasini oshirishni tashkillashtirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha ikki davlat Transport vazirligi o‘rtasida transport sohasida bitim imzolandi.
Bitimga ko‘ra tomonlar qisqa muddatda qo‘shma ishchi guruhini tuzib, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish belgilandi.
Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi 16-18 yanvar kunlariga rejalashtirilgan edi. Keyinchalik Mirziyoyevning Singapurga tashrif davomiyligi 3 kundan 1 kunga qisqartirilishi ma’lum qilindi.