Ikki viloyat hokimiga polkovnik unvoni berildi

Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hokimlari polkovnik unvoni bilan taqdirlanishdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov polkovnik unvoni bilan taqdirlandi. O‘zbekiston mudofaa vaziri tegishli buyruqlarni imzolagan.
Turdimovga harbiy unvonni Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Aybek Saidov, Bozorovga esa Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Lutfulla Buzrukov tantanali ravishda topshirgan.
Erkinjon Turdimov
Topshirish marosimi viloyatlarda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda bo‘lib o‘tgan.
Xayrullo Bozorov
Bozorov davlat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash yo‘lida faol ishtiroki uchun I darajali "Namunali xizmati uchun" ko‘krak nishoni bilan ham taqdirlangan.