SSSR xalq artisti Inna Churikova vafot etdi - tomoshabinlar uni Marfusha roli orqali taniydi

Inna Churikova 80 yoshida vafot etdi. Vidolashuv seshanba kuni Lenkom teatrida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. SSSR xalq artisti Inna Churikova 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novostiga “Lenkom” teatri direktori Mark Varshaver ma’lum qildi.

"Bu og‘ir judolik bir soat oldin sodir bo‘ldi: taniqli aktrisa Inna Churikova vafot etdi", dedi Mark Varshaver.

Aktrisa bilan vidolashuv seshanba kuni Lenkom teatrida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Inna Churikova 1943-yil 5-oktabrda Boshqirdistonda tug‘ilgan. U Stanislavskiy drama teatri qoshidagi Yoshlar studiyasiga keldi va Shepkin nomidagi Oliy teatr maktabining talabasi bo‘ldi.
Sovetskiy xudojestvenniy film "Morozko", 1964 god
Churikovaning kino karyerasi talabalik yillarida boshlangan. U 1960-yilda Vasiliy Ordinskiyning "Borsk ustidagi bulutlar" filmida rol o‘ynagan. 1964-yilda aktrisa Mixail Rouning "Ayoz bobo" (Morozko)ertagida Marfusha rolini ijro etgan.