TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Stol tennischilar Rozalina Xadjayeva va Marhabo Magdiyeva Janubiy Afrika Respublikasida (JAR) o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Sportchilar Qatarda o‘tayotgan dunyo birinchiligiga yo‘llanma beruvchi musobaqada muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Ular juftlik dasturida 1/16 finalda koreyalik raqibalariga imkoniyatni boy berishgan edi.
Shundan so‘ng JChga yo‘llanma beruvchi qo‘shimcha 4 ta o‘rin uchun kurashda qozog‘istonlik Anastassiya Lavrova hamda Angelina Romanovskaya ustidan 4:2 hisobida g‘alabaga erishishdi.
Stol tennisi
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Sportchilarning ma’lum qilishicha, ushbu g‘alaba ular uchun 20-28 may kunlari Durban shahri mezbonlik qiladigan jahon chempionati eshiklarini ochdi.