TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Rossiyalik aktor va sportchi Oleg Taktarov “O‘zbek qizi” badiiy filmini suratga olish jarayonida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Film o‘zbek va belarus kinoijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olingan. Suratga olish ishlari yakunlanib, montaj ishlari boshlangan.
“Sinema of Sentral Asia” kinostudiyasi tomonidan Akbar Bekturdiyev rejissorligida yaratilgan ushbu film o‘zbek snayper qizining Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorati va jang maydonlarida kechgan taqdiri haqida hikoya qiladi.
Filmda rollarni Taktarovdan tashqari aktor va aktrisalar Aysanem Yusupova, Feruza Saidova, Yigitali Mamajonov, Sergey Lapanitsin, Milana Ivanova va boshqalar ijro etgan.