Ukraina Qrim va Donbass hududlarini qaytara olmaydi – nemis siyosatchisi

Qayd etilishicha, 2014-yildan beri Rossiya nazorati ostida bo‘lgan Donbass endi Ukraina uchun ancha katta muammo bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Donbass va Qrim hududlarini Ukraina tomonidan “qaytarilishi” Ukraina qo‘mondonligi uchun real bo‘lmagan vazifadir, deb yozadi Berlindagi Germaniya xalqaro aloqalar kengashi tadqiqot direktori Kristian Melling Zdf nashri uchun.
“2014 yildan beri Rossiya nazorati ostida bo‘lgan Donbass endi Ukraina uchun ancha katta muammo bo‘ladi. Rossiya Federatsiyasiga amalda integratsiyalashgan va 2014-yildan buyon qattiq harbiylashtirilgan Qrimni ozod qilish ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigandek ko‘rinadi”, deyiladi nashrda.
Mellingning fikricha, Ukraina cheklangan resurslaridan maksimal darajada foydalanish uchun ustuvorlik qilishi kerak.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Shu fonda Qo‘shma Shtatlar va uning NATOdagi ittifoqchilari Kiyev rejimiga qurol yuborishda davom etmoqda. O‘z navbatida, Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish mojaroni uzaytirishini bir necha bor ta’kidlagan.