Bayram dasturxonidagi ko‘p kaloriyali taomlar, salatlar tugadi. Oshqozonda diskomfort va og‘riqlar esa hamon bezovta qiladi.
Albatta, bundan keyin zudlik bilan to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga qaytish kerak. Shifokor-parhezshunos Antonina Starodubovaning so‘zlariga ko‘ra, avvalombor oshqozon ichak traktini zo‘riqtiradigan o‘ta to‘yimli va ko‘p kaloriyali taomlardan voz kechish lozim.
Shu bilan birga, ochlik hissini saqlamaslik, balki muntazam ovqatlanish tartibiga rioya qilish lozim. Qo‘shimcha ravishda sutli mahsulotlar - kefir, yogurt va boshqa tarkibida yog‘ kam bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin.
Yengil tamaddi uchun, albatta, meva - sabzavotlar bo‘lishi lozim. Ularda ozuqaviy to‘qimalar, vitaminlar, mineral moddalar va antioksidantlar bor.
“Vitamin va antioksidantlar esa organizmning tashqi muhit zararli faktorlariga qarshi chidamliligini oshiradi. Kletchatka esa oshqozon-ichak traktining funksional holatiga ijobiy ta’sir qiladi”, - deydi shifokor.
Sabzavotlar meyori kunigi 400 grammdan kam bo‘lmasligi kerak.