TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. 2023 yil 5-10 yanvar kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik hamda havo haroratidagi o‘zgarishlar sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ogohlantirish bilan chiqdi.
Jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimon” tog‘larida;
Namangan viloyati: Pop tumanida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi mavjud.
Avvalroq "Qamchiq" dovoni kuchli qor yog‘ishi sabab avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgandi. Qor yog‘ishi tinib, yo‘llar tozalangach, dovon transport vositalari harakati uchun qayta ochildi.