TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi DXRning Makeyevka aholi punktida yangi yil oqshomi sodir bo‘lgan fojia tafsilotlarini ma’lum qildi. Bu haqida RF Qurolli Kuchlari Bosh harbiy-siyosiy boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, general-leytenant Sergey Sevrukov quyidagilarni aytdi.
"1 yanvar kuni Moskva vaqti bilan nol bir daqiqada Ukraina Qurolli Kuchlari artilleriyasi Makeyevka aholi punkti yaqinidagi Rossiya harbiy qismlaridan birining vaqtincha joylashtirish punktida "Haymars" ko‘p raketa tizimining oltita raketasi bilan zarba berdi.
Havo hujumi mudofaa kuchlari tomonidan ushbu raketalarning ikkitasi tutib olindi
Lekin ulardan to‘rttasi Rossiya harbiy xizmatchilari joylashgan binoga kelib tushdi. Kuchli portlovchi bo‘laklarga ega bo‘lgan jangovar kallaklari portlashi natijasida bino shiftlari qulab tushdi.
Fojia sodir bo‘lganidan so‘ng darhol mazkur harbiy qism qo‘mondonligi va ofitserlari, kichik komandirlar va boshqa bo‘linmalarning harbiy xizmatchilari jabrlanganlarni qutqarish uchun barcha choralarni ko‘rdi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi, yaradorlar tibbiyot muassasalariga evakuatsiya qilindi.
Afsuski, temir-beton konstruksiyalar vayronalari tahlili davomida halok bo‘lgan safdoshlarimiz soni 89 nafarga yetdi. Halok bo‘lganlar orasida polk komandiri o‘rinbosari podpolkovnik Bachurin ham bor.
Barcha qurbonlar va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga barcha zarur yordam va yordam ko‘rsatilmoqda.
Ukraina Qurolli Kuchlari Makeyevkaga zarba bergan artilleriya bo‘linmasi javob zarbasi bilan yo‘q qilindi.
Shuningdek, DXRning "Drujkovka" temir yo‘l vokzali hududidaga berilgan yuqori aniqlikdagi raketa zarbalari natijasida AQShning yana to‘rtta "Haymars" raketa tizimi, Britaniyaning 4ta RM-70 "Vampir" reaktiv tizimi, 800 dan ortiq raketalar, sakkizta mashina, shuningdek, 200 dan ortiq millatchilar va chet ellik yollanma askarlar yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Maslovka tumanida “Xorijiy legion” bo‘linmalaridan birining vaqtinchalik joylashtirish punkti zarbaga uchradi, u yerda 130 dan ortiq xorijiy yollanma askar yo‘q qilindi.
Hozirda hodisa sabablarini o‘rganish bo‘yicha komissiya ishlamoqda. Biroq, dastlabki xulosalarga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqeaning asosiy sababi, ko‘plab ta’qiqlashlarga qaramasdan, yangi olib kelingan askarlar tomonidan telefonlardan ommaviy foydalanish bo‘lgan. Dushman bundan foydalanib harbiy xizmatchilarning koordinatalarini aniqlab olgan.
Hozirda kelgusida bu kabi ayanchli hodisalarning oldini olish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda. Tekshiruvlar natijasida aybdor mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi", - deyiladi xabarda.