Meksika orqali AQShGa kirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Elchixonaning konsullik bo‘limiga Meksika-AQSh chegarasi orqali Amerika hududiga kirish bo‘yicha savollar bilan murojaat qiluvchilar ko‘paygan.
Sputnik
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Amerikaning O‘zbekistondagi elchixonasi Meksika chegarasi orqali Amerika Qo‘shma Shtatlari hududiga noqonuniy kirishga urinish holatlari bo‘yicha bayonot berdi.
Qayd etilishicha, konsullik bo‘limiga Meksika-AQSh chegarasi orqali Amerika hududiga kirish bilan bog‘liq savollar tushmoqda.
“AQSh elchixonasi, noqonuniy yo‘l bilan AQSh hududiga kirishga urinayotgan shaxslar o‘z hayotlarini jinoyatchilik, odam savdosi hamda moliyaviy firibgarlik qurboniga aylanish xavfi ostiga qo‘yishlari haqida ogohlantiradi. Noqonuniy yo‘l orqali AQShga kelish hech qachon xavfsiz bo‘lmagan”, - deya ogohlantirgan elchixona.
Diplomatik vakolatxona migrantlarni mamlakatga xavf-xatar ostida, noqonuniy tarzda emas, balki qonuniy yo‘llar orqali kirishga chorlagan.