Rossiyaliklarning SSSRga munosabati qanday – so‘rov

Rossiyaliklarning 26 % - Covet Ittifoqi bilan birga millatlar orasidagi totuvlik va birdamlik ruhi yo‘qolganidan afsusda.
Sputnik
TOShKENT, 3 yanv – Sputnik. Bugugni rossiyaliklarning yarmi SSSRda salbiy holatlardan ko‘ra ijobiy holatlar ko‘proq bo‘lgan deb hisoblaydi. Bu haqida Russia Today nashri buyurtmasiga asosan Umumrossiya jamoat fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) tomonidan Rossiya aholisi orasida o‘tkazilgan so‘rovdan ma’lum bo‘ldi.
SSSR tashkil qilingan sanasining 100-yilligi (30 dekabr) arafasida o‘tkazilgan so‘rovda 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 1,6 ming nafar rossiyaliklar ishtirok etdi va ularga quyidagi savollar berildi.

SSSR ijobiy yoki salbiy bo‘lganmi?

51% - ijobiy – 51% rossiyaliklar SSSR davrida salbiy faktlardan ko‘ra ijobiy faktlar ko‘proq bo‘lgan deb hisoblaydi.
38% - ham ijobiy ham salbiy. Rossiyaliklarning 38% SSSR davrida ham ijobiy ham salbiy holatlar teng bo‘lgan deb hisoblaydi.
5% - salbiy. SSSRni faqat salbiy baholaydigan rossiyaliklar atigi 5%ni tashkil qildi. Bular orasida aksariyat 18-24 yoshlilar.
6% - javob berishga qiynalgan
VSIOM strategik rivojlanish direktori Stepan Lvov aytishiga ko‘ra, bugungi kunda ham Sovet Ittifoqi— rossiyaliklarning ommaviy ongida eng ma’nolarga boy va eng yirik davlat timsoli sifatida qolmoqda.
"SSSR rossiyaliklar ongida - o‘z bolalari uchun xavfsiz lekin dushmanni titratadigan, an’analarga sodiq va kelajakni ko‘zlaydigan va bu yo‘lda g‘alaba va fojilar kechishga tayyor bo‘gan davlat obrazida gavdalanadi. Bunday davlat timsoli, biroz kamtarroq ko‘rinishda bo‘lsa-da, hatto SSSR davridan keyin paydo bo‘lgan avlod ongida ham mavjud”, - dedi mutaxassis.

SSSR rossiyaliklar ongida qanday assotsiatsiyalar bilan bog‘liq?

15 % baxtli bolalik
16% ishonchlilik va barqarorlik
16 % yaxshi hayot

SSSR tarqalganidan afsusdamisiz?

58 % - rossiyaliklar afsusda (aksariyat (81%) katta yoshlilar);
20 % - afsusda emas;
13% - befarq.
Bunda so‘nggi punktlar afsuslanmayodigan va befarq ovoz berganlar orasida 18-24 yoshlilar aksariyati.

SSSRning asosiy yutuqlari nimalar bo‘lgan deb hisoblaysiz?

Koinotga birinchi inson parvozi
Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alaba - 13%
Sanoatni rivojlantirish – 12%
Fan va texnika rivoji – 10 %
Atom energetikasi rivoji – 10%

SSSR tarqalishidan nima sababdan afsuslanasiz?

26 % - millatlar orasida totuvlik va birdamlik ruhi yo‘qolganidan afsusda;
21% - yaxshi turmush darajasi yo‘qolganidan (asosan 18-24 yoshli aholi)
18% - respublikalar birligi yo‘qolganidan afsusda
Shuningdek 15% rossiyaliklar SSSR davri tugaganini va undan so‘ng Rossiyaga demokratiya va so‘z erkinligi kelganini ma’lum qilgan.