TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi avtotransport ta’mirlash xizmatiga talab eng yuqori bo‘lgan hududlarni e’lon qildi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-dekabr holatiga avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 3,6 trln. so‘mni tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi, mlrd. so‘m:
Toshkent shahri – 602,9
Toshkent viloyati – 536,1
Farg‘ona viloyati – 429,9
Samarqand viloyati – 359,1
Andijon viloyati – 341,9
Buxoro viloyati – 202,7
Qashqadaryo viloyati – 194,8
Navoiy viloyati — 162,3
Xorazm viloyati – 160,6
Namangan viloyati – 159,6
Surxondaryo viloyati – 151,8
Qoraqalpog‘iston R. – 130,7
Jizzax viloyati – 113,4
— Sirdaryo viloyati – 60