Eng arzon va eng qimmat osh qayerda sotilyapti

Toshkent shahrida eng yuqori, Namangan viloyatida esa eng arzon narx kuzatilgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi respublika hududlaridagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlarini ma’lum qildi.
1 porsiya oshning o‘rtacha narxi (2022 yil dekabr oyi uchun):
• Qoraqalpog‘iston R. – 18 300 so‘m;
• Andijon viloyati – 20 800 so‘m;
• Buxoro viloyati – 21 300 so‘m;
• Jizzax viloyati – 22 300 so‘m;
• Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m;
• Navoiy viloyati – 19 500 so‘m;
• Namangan viloyati – 15 300 so‘m;
• Samarqand viloyati – 24 700 so‘m;
• Surxondaryo viloyati – 20 000 so‘m;
• Sirdaryo viloyati – 21 000 so‘m;
• Toshkent viloyati – 21 500 so‘m;
• Farg‘ona viloyati – 18 300 so‘m;
• Xorazm viloyati – 21 400 so‘m;
• Toshkent shahri – 26 300 so‘m.
Toshkent shahrida eng yuqori, Namangan viloyatida esa eng arzon narx kuzatilgan.