Bu qiziq

Moda 2023: Yangi yilda qanday liboslar urf bo‘ladi

Moda yildan-yilga o‘zgarib borishi tabiiy hol. Xo‘sh, kelayotgan 2023-yilda moda olamida qanday yangiliklar kutilmoqda? Batafsil maqolamizda tanishing.
Sputnik
Moda jamiyatning ajralmas qismidir. Zamonaviy va chiroyli kiyimlar insonning ruhiy holatini ham o‘zida aks ettiradi. Modaning ketidan quvish, zamonaviy, chiroyli va qimmat kiyimlarni kiyish ayb emas, balki o‘zini qulay va erkin his qilishga intilishdir.
Moda yildan-yilga o‘zgarib borishi tabiiy hol. Xo‘sh, kelayotgan 2023-yilda moda olamida qanday yangiliklar kutilmoqda? Quyida shu haqda so‘z yuritamiz.
2023 yilda qanday rangdagi kiyimlar modada bo‘ladi?
2023 yil bahor va yoz oylari uchun yorqin zamonaviy rang - bu Pantone rang instituti ta’kidlaganidek, lavlagi-binafsharang. 2023-yilning asosiy rangi esa Viva Magenta- karmin qizil bo‘lishi aytilgan.
Institut Pantone obyavil glavniy svet 2023 goda
2023 yilning qishida nima urfga kiradi?
Qishda uzun va keng turadigan par kurtka (puxovik), klassik palto va dublonka trendda. Obraz to‘qilgan aksessuarlar bilan to‘ldirilsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi: balaklava, uzun qo‘lqoplar va paypoqlar. Stilistlarning fikricha, puxoviklar uchun eng mashhur ranglar - qora, oq, och jigarrang va zaytun rangidagi yashil. Zamonaviy qiyofani keng jinsi shimlar, katta o‘lchamli to‘qilgan sviter va momiq sharf bilan to‘ldirish mumkin.
Obyemniy steganiy puxovik
Shuningdek, klassik va kejual uslubdagi paltolar 2023-yilning qishiga mos keladi. Paltolarning leopard, gul, zebra printi bilan bo‘lishi ayni muddao. Sport uslubidagi paltolar bilan krossovkalar va uggilar mukammal obraz yaratadi.
Klassicheskoe palto
Qishning qaynoq trendlari to‘qilgan yoki trikotaj aksessuarlardir. Ularning eng zamonaviylari - balaklava shapka, katta hajmli sharf, uzun qo‘lqoplar va paypoqlar.
Vazanie sharfi
2023 yilning bahorida nima urfda bo‘ladi?
Charm (koja) obrazi, charm ko‘ylaklar va kostumlar, qizil rangdagi ko‘ylaklar, kalta buyumlarning (jemperlar, shortilar, toplar) keng kiyimlar bilan birgalikda moslashtirilishi trendda bo‘lishi aytilmoqda.
Charmning trendda bo‘lishi bir necha mavsumdan buyon saqlanib qolmoqda. 2023-yilning bahoriga charm trench yoki palto tanlash tavsiya qilinmoqda. Ushbu obrazni ixcham sumka, sharf bilan boyitish mumkin.
Kojaniy trench.
Shuningdek, qizil rangdagi liboslar kelgusi bahorning trendi bo‘lishi kutilmoqda.
Krasnoe platye
2023 yilning yozida nimalar modada bo‘ladi?
Yozda assimetrik etakli yengil, shaffof liboslar, yorqin trikotaj kostumlar, shaffof matolardan tikilgan narsalar trendda.
Yupqa trikotaj - yozgi garderob uchun ajoyib mato. Yoz uchun yorqin narsalarni tanlash lozim: yubkalar va printli shortilar, sarafanlar, top va yubkalar.
Letniy sarafan s printom
Shuningdek, stilistlar nozik kiyimlarga qo‘pol oyoq kiyim, charm buyumlarni qo‘shishni tavsiya qilmoqda.
2023 yil kuzida nima moda bo‘ladi?
Bular kuzda juda zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lish uchun yordam beradi: rubashka uslubidagi keng etakli ko‘ylaklar, plisirrovka yubkalar, pasti keng kombinezonlar, kalta yengli shubalar va paltolar.
Plissirovannaya yubka
Rangga kelsak, Pantone rang instituti sariq, ko‘k, yashil, to‘q qizil, kulrang va oq ranglarni kuzning eng zamonaviy ranglari deb atadi. Pushti, yashil va firuza rangdagi liboslar ham modada bo‘lishi aytilgan.
O‘z xohishingiz va ob-havo sharoitiga qarab zamonaviy qiyofani yaratish uchun mashhur brendlar kolleksiyalarini kuzatish ham tavsiya etiladi.
Yangi yil kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. 2023 yilni qanday rangli kiyimda kutib olgan afzal?
Ma’lumotlarga ko‘ra, quyon yilini baxtli rangdagi kiyimlarda kutib olish kerak: qizil, pushti, binafsharang, ko‘k.
Stilist va dizaynerlarning tavsiyasiga quloq solish bilan cheklanib qolmay, o‘zingizga yoqqan va qulay kiyimlar tanlashni ham unutmang! Yuqorida aytganimizdek, kiyimlar insonning ruhiyati bilan ham bevosita bog‘liq.