Hindistonda “Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchisining zavodlari yopildi

Zavod mahsulotning sifat standartlariga muvofiq uzluksiz ishlab chiqarish va nazorat qilish amaliyoti talablarini buzgan.
Sputnik
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Hindistonda Dori vositalari standartlarini nazorat qilish markaziy tashkiloti xodimlari, shuningdek, Uttar-Pradesh dori vositalari aylanmasini nazorat qiluvchi boshqarma mutaxassislari Noida shahrida joylashgan “Marion Biotech” zavodini tekshirishni yakunladi. Bu haqda NDTV telekanali xabar qildi.
Tekshiruv 30-dekabrga o‘tar kechasi nihoyasiga yetgan. Uning natijasida rasmiylar farmatsevtika kompaniyasi zavodida dori vositalari ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatishni talab qilgan.
Telekanal xabariga ko‘ra, zavod mahsulotning sifat standartlariga muvofiq uzluksiz ishlab chiqarilishi va nazorat qilinishini ta’minlash nuqtayi nazaridan ishlab chiqarish amaliyoti talablaridan chetga chiqqani qayd etilgan.
Hindiston sog‘liqni saqlash vaziri Mansux Mandavia tekshiruv yakunlanganini tasdiqladi.
“Dok1 Max” siropining tarkibi buzilgani haqidagi xabarlar tufayli o‘tkazilgan inspektorlar tekshiruvi yakunlandi va “Marion Biotech” kompaniyasining Noida shahridagi barcha ishlab chiqarish faoliyati kecha tunda to‘xtatildi. Tergov davom etmoqda”, - deydi u.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “Dok-1 MAKS” siropini iste’mol qilish oqibatida 19 bola vafot etgan.
SSV ishchi guruhi olib borgan dastlabki laborator o‘rganishlar “Dok-1 Maks” siropining tarkibida etilenglikol mavjudligini ko‘rsatgan. Bu modda zaharli bo‘lib, taxminan 1-2 ml/kg 95 foiz konsentrlangan eritmasi bemor salomatligida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Dori savdosi esa to‘xtatilgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri Samarqandda “Dok-1 Maks”ni qabul qilgach vafot etgan bolalarning ota-onasiga hamdardlik bildirib, ishga aloqador barcha shaxslar javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u mazkur ma’lumot viloyat tibbiyot xodimlari tomonidan vazirlikdan yashirilganini aytdi.
Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi "Dok-1 Maks" bilan bog‘liq holat bo‘yicha “Quramax medical” va “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish ochgan.
Ko‘p o‘tmay prezident Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Kariyevni ishdan ishdan oldi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova “Dok-1 Maks” dorivositasi 2012-yildan beri O‘zbekistonda qo‘llanib kelingan, lekin so‘nggi seriyasida uning tarkibidagi qo‘shimcha moddalardan biri o‘zgarganini ma’lum qildi.