Ranglarda yashagan rassom: Abdulhaq Abdullayev xotirasiga

Inson qiyofasi uning ma’nan tamadduni va rivojlanib borayotganini ko‘rsatadi. Mahoratli rassomlar esa insonlar portretini yaratish orqali o‘z g‘oyalarini ranglarda ifodalaydilar.
Sputnik
TOShKENT, 30 dek - Sputnik. O‘zbek tasviriy san’atida portret janrining rivojlanishida O‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullayev ijodining o‘rni katta. Rassom o‘zbek tasviriy san’atining realistik an’analarini davom ettirgan ilk yorqin ijodkorlardan sanaladi.
Xudojnik Abdulxak Abdullayev u kartini.
Abdulhaq Abdullayev 1918-yili 30-dekabrda Turkistonda tavallud topgan. Bolalikdan tasviriy san’atga qiziqib, rasmlar chiza boshlagan.
Abdulxak Abdullayev. Portret A. Xidoyatova, Portret mami, Mukarram opa, Avtoportret.
1934 yilda Moskvada o‘zbek rassomlarining birinchi ko‘rgazmasi ochildi, unda yosh rassomning “U xauza” asari namoyish etildi. Yangicha yondashuv bilan taqdim etilgan bu kartina Sharq madaniyati Davlat muzeyi tomonidan sotib olingan.
Rassom tomonidan yaratilgan Nazarali Niyozov va Oybek portretlari 1950-yili Butunittifoq ko‘rgazmasida ishtirok etgan.
Abdulxak Abdullayev. Ekspozitsiya portretov.
Ijodkor Javoharlal Neru, Indira Gandi, Chingiz Axmarov, Abdulla Qahhor, Tamaraxonim, Lutfixonim Sarimsoqova, Muxtor Ashrafiy kabi muhim shaxslarning qiyofalarini turfa ranglarda muhrladi. 2001-yili 83 yoshida vafot etdi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi Abdulhaq Abdullayevning kartinalari O‘zbekiston davlat sa’nat muzeyida, I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyida, Tretyakov davlat galereyasida (Rossiya), Davlat Sharq muzeyida (Rossiya), Penaldagi Xalqlar do‘stligi muzeyida, Florensiyadagi Ufissi galereyasida saqlanadi.
Ma’lumot uchun, 2018-yili Toshkentdagi Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullayev tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlab ijodiy ko‘rgazma o‘tkazilgan.
Abdulxak Abdullayev. Ekspozitsiya portretov i etudov.