“Bundan tashqari, Markaziy Osiyo-Xitoy gaz quvurlari tizimi orqali yetkazib berish uchun Xitoy bilan aloqa shartlarini qandaydir tarzda bajarish kerak. Qishda, O‘zbekistondagi kutilmagan ob-havoni hisobga olsak, natijani ko‘rapsiz”, - deydi energetika bo‘yicha ekspert, “Geoenergetika Info” nashri bosh muharriri Boris Marsinkevich.
“O‘zbekiston Afg‘onistonga tayyor elektr energiyasi yetkazib berishni ko‘paytirish imkoniyatiga ega. Buning uchun ishlab chiqarishni ko‘paytirish kerak. Ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun gazning qo‘shimcha hajmlari zarur”, - dedi Boris Marsinkevich Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
“Bu, mening fikrimcha, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyadagi iqtisodchilar, gaz sohasi mutaxassislari har uchala davlat uchun o‘zaro manfaatli variantlarni topish uchun haqiqatda qandaydir uch tomonlama ittifoq tuzish haqida o‘ylashlariga sabab bo‘ldi”, - dedi u.
“Nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shnilar o‘rtasida o‘sib borayotgan talabni qondirish uchun gaz quvurlarining yangi variantlari paydo bo‘lishi mumkin. Qishda Qirg‘izistondan, Tojikistondan talab ortib bormoqda”, - dedi ekspert.
“Biz O‘zbekiston va Qozog‘istondagi hamkorlarimiz bilan ularning ichki bozoriga gaz yetkazib berish hajmining o‘sishini muhokama qilmoqdamiz, chunki ularning iste’moli ortib bormoqda”, - dedi u.
“Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz sohasida, jumladan, gaz yetkazib berish va uni qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish uchun katta salohiyatga ega”, - dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak.