Malginov: O‘zbekiston va Rossiyaning Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan qarashlari mos keladi

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi terrorchilarning mintaqadagi qo‘shni mamlakatlarga o‘tishiga qarshi kurashish ikki davlat hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiyaning Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan qarashlari mos keladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Diplomat OAV vakillari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida bugungi kunda Afg‘onistonni umanitar yordam va mojarodan keyingi tiklash masalalari birinchi o‘ringa chiqishini tushunishda Moskva va Toshkent yakdil ekanini aytdi. Bunda Afg‘oniston iqtisodiyotidagi qiyin vaziyat va mintaqadagi migratsiya holatining kuchayishi xavfini hisobga olish zarur.
“Radikal elementlarning u yerda davom etayotgan faolligini hisobga olib, terrorchilarning mintaqadagi qo‘shni mamlakatlarga o‘tishiga qarshi kurashish hamkorligimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda”, - dedi Rossiya elchisi.
Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha tashabbusi BMT Xavfsizlik kengashida taqdim etildi