Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

Sankt-Peterburg shahridagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi rahbarlari sammiti 26-27 dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi. U Pulkovo xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahridagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.
Yetakchilar joriy yilgi hamkorlik yakunlarini sarhisob qilib, 2023-yil uchun ustuvor vazifalarni muhokama qildilar. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
27 dekabr kuni Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlari bilan birgalikda Sankt-Peterburgdagi Davlat rus muzeyiga tashrif buyurdi. Bu yerda mehmonlar muzey to‘plamidagi eksponatlar va san’at asarlari bilan tanishdi hamda norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
1 / 3

MDH davlatlari rahbarlari Davlat rus muzeyida

2 / 3

MDH davlatlari rahbarlari Davlat rus muzeyida

3 / 3

MDH davlatlari rahbarlari Davlat rus muzeyida

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan o‘tkazilgan sammitda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashdi.