Yevroittifoq (Yevropa Kengashi esa - uni tizimli tashkil qiluvchi institut, xuddi Yevroqo‘mita va Yevroparlament singari), shunday qilib Ikkinchi Jahon urushi natijalarini qaytadan ko‘rib chiqishga urinmoqda.
Va bu yerda Yevropaning yuqori martabali kibor janobning so‘zlaridan ma’no qidirish kerak emas. Sanksiyalar uyumidan “Rossiya iqtisodiyotini parchalab tashlamoqchi” bo‘lishdi, mamlakatimiz aktivlarini muzlatish orqali talon-taroj qilgandan so‘ng natsistlar ustidan qozonilgan g‘alaba faktini va SSSRning fashistlar reyxini va uning yo‘ldoshlarini mag‘lub etishga qo‘shgan hissasidan yuz o‘girmoqchi. Agar, chindan ham, Gitlerning mamlakatlariga kimlar kirganiga e’tibor qiladigan bo‘lsak, hozirgi YeIning ancha mamlakatlari unda bo‘lganligini bilish mumkin. Ammo buni oddiy geografik tasodif deb hisoblab qo‘yaveramiz – hozircha, har ehtimolga qarshi.
Va tarixiy faktlarga e’tibor qaratamiz. BMT, kim nima desa- desin, derjavalar – reyx ustidan g‘alaba qozongan (SSSR, AQSh, Britaniya, shuningdek, general de Gollning sa’y-harakatlari tufayli va Qarshilik harakati a’zolarining natsizmga qarshi kurashda qurbon qilgan hayoti evaziga ushbu doiraga qabul qilingan Fransiya) tashabbusi bilan yaratilgan edi. Shu bois aynan ular Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari sifatida veto huquqi bilan ushbu xalqaro tashkilotning oliy organiga kirgan.
BMT Xavfsizlik Kengashidagi har bir kursi qiymati qon bilan baholanadi.
Bular o‘n millionlab va yuz minglab halok bo‘lganlar – harbiylar ham, tinch aholi vakillari ham. Azoblangan, otilgan, jarohatlardan, ochlikdan va yo‘qotishlardan vafot etganlar. Bu kursilar, mesye Mishel haqida qanday xayollarga bormaylik va uning safdoshlari qanchalik bunda turib olishmasin - bu shunchaki mebel va Ist-Riverdagi BMT ichki dizayn emas. Kreslo bilan yuradigan mikrofon ham emas.
Yana e’tibor qaratish lozimki, Yevropa kengashi raisi janoblari “Rossiyaning BMT xavfsizlik kengashidagi a’zoligi” qanday sabablarga ko‘ra to‘xtalishi kerakligi bilan jamoatchilikni tanishtirmoqda.
Aytishlaricha, “Rossiya xalqaro huquqlarni buzapti” ekan
Yana bir bor tarixga murojaat qilamiz.
Xalqaro huquq va Yevropada xavfsizlikning huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadigan zamonaviy tuzilmasi deyarli butunlay uchta xalqaro konferensiya davomida imzolangan hujjatlar asosida yaratilgan. Bu Tehron-43, bu Yalta-45 va Yevropada urush tugaganidan keyin yana bir Potsdam 45, (Yaponiya bilan urush hamon davom etayotgan edi).
Aynan o‘sha yerda hozirgi dunyo tartibiga poydevor qo‘yilgan edi. Jumladan, eslatib o‘tish lozimki, SSSRdan tashqari, Ukraina va Belarus ham BMT ning o‘zida a’zolikka ega bo‘lgan edi. Chunki, belaruslar va ukrainlar natsizmni qulatishda qancha hissa qo‘shganlarini aytib turib olgan Moskva edi.
Yaltada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ishlab chiqilgan shartlarga rioya qilmaslik shartlarning siyohi hali tugamasdan turib boshlangan edi. Bir yildan kamroq, 1946-yilda G‘arb bizga “Sovuq urush” e’lon qildi.
To‘g‘ri, “temir parda”, “diktaturaning kelishi”, “erkin dunyoga Sharq tomondan yovuzlik sharpalari ko‘paygani” to‘g‘risida qandaydir chiroyli so‘zlar ham aytilgan edi. Ammo aslida, bu xitoblar mutlaqo boshqa maqsadlar- qurollanish poygasini boshlab mamlakatimizni qaqshatishdek ishlarga xizmat qilgan. Iqtisodni rivojlantirmaslikka yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qilgan. Yevropada joylashgan qismi xarobalar va tashlandiq bo‘lib qolgan mamlakatga birorta imkon qoldirmaslikka xizmat qilgan.
O‘shanda xalqaro huquqlarni buzgan biz emasdik. Ular edi. Barcha kelishuvlarga tupurgan biz emasdik, ular esa zudlik bilan NATOni yaratishga kirishgandi. Bu 1949-yil edi, agar kimgadir eslatish kerak bo‘lsa. Varshava shartnomasi olti yil o‘tib, 1955-yilda paydo bo‘ldi. Va bu ham javob sifatida.
O‘shanda Yevropadagi qarshiliklar tashkilotchilari biz emas edik. Ular edi.
Ushbu so‘zlarga nafrat shu bilan berilganki, biz qachonlardir “quroldosh og‘alar” edik. Tashqi siyosatni olib borish bizniki emas. Yana bir bor: biz faqat bizga taklif qilinayotgan adovatga va va uning negizidagi vatanimizga bo‘lgan tahdidga javob beramiz.
Yevropaning barcha darajadagi amaldorchalarini sarosimaga soladigan xalqaro huquqlarning buzilishi esa – aslida xalqaro maydonda ish yuritishning yevropacha usuli xolos.
Muloqotlar paytida yolg‘onlar, suhbatdoshlarni chalkashtirish, demagogiya, separativ muzokaralar – rejalarni amalga oshirishning uslubi. Bizniki emas, albatta. G‘arbniki.
Gitlerga qarshi koalitsiyadagi sheriklardan birining orqasida umumiy dushman bilan konsensusni qidirib, bir vaqtning o‘zida ushbu sherikdan jang maydonidagi harakatlarni tezlashtirish va kuchaytirishni so‘rash – “Sanrayz” (inglizlar uni “Krossvord” deb atashgan) maxfiy ingliz-amerika-nemis operatsiyasi tafsilotlarini sanab o‘tishga hojat yo‘q. Qolaversa, bu Qizil Armiyaning Vislo-Oder hujumiga tayyorgarlik paytida edi, Uning boshlanishi bilan London va Vashington Stalinni shoshiltirdi.
Sharqiy va Markaziy Yevropani vayron qilgan Ikkinchi jahon urushi, qit’ani fashistlar vabosidan ozod qilgan aynan SSSR bo‘lganligi ushbu mamlakatlardagi hozirgi rahbarlarning tovonlariga kirgan tikan kabi turibdi.
Yevropani Reyx diktaturasidan tozalab, biz ko‘rgan jasorat va qurbonliklarimiz jamoatchilik ongida “zo‘ravonlik, qatag‘on va fuqarolar erkinliklarini bo‘g‘ish quroli” bo‘lishi uchun hamma narsani qilish - bugungi “ma’rifatparvar yevropaliklar” birlashgan oilasining geosiyosiy vazifasi, asosiy vazifalardan biri. Va u kuzatganimizdek, hozirgi inqirozga hali ko‘p bo‘lgan vaqtlarda boshlangan.
Shunchaki, voqealar mahalliydek tuyulardi, umumiy sur’atga ular asta-sekin paydo bo‘ldi.
Bugun yangi bosqich kelmoqda.
Uning chizgilari umuman olganda tushunarli.
Yevropani ozod qilgan, Yevropa Ittifoqini yaratishga hissa qo‘shgan “tajovuzkor va xalqaro huquq, fuqarolar erkinliklari va taraqqiyotning dushmani” SSSR emas ekan, balki Yevropaning o‘zi buni amalga oshirganmish.
Albatta, qahramon Amerikaning, Britaniyaning va qisman Fransiya qo‘shinlari GI yordamida.
Nima ham derdik- ruslar- “varvarlar” axir. Ushbu “varvarlar” va “bolshevistik qo‘shinlar” o‘sha paytdagi G‘arb siyosiy elitasining soddaligi tufayli BMT Xavfsizlik Kengashidan o‘rin oldi va hatto ovozlarni to‘sqinlik qilish huquqiga ega bo‘ldi.
Bu xatoni zudlik bilan to‘g‘rilash kerak. “Xalqaro huquqlar buzg‘unchisi” Rossiyaning o‘rniga, Xavfsizlik Kengashiga aynan Germaniyani kiritish kerak. Tinchlikparvarlik, siyosiy to‘g‘rilik va xalqaro huquqning barcha normalariga qat’iy rioya qiladigan mamlakat sifatida. Har doim. Har doim.
Ularga qo‘yib bersa, muayan sa’y-harakatlar, moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanilsa, moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlangan holda, ehtimol, bir muncha vaqt o‘tgach, Gitler urushni Yevropani (birlashgan) “bolsheviklar qo‘shinlari” va kommunistik diktatura hamda mafkuradan qutqarish uchun boshlaganini eshitish mumkin.
Hozir va bugun bu aql bovar qilmasdek ko‘rinadi.
Ammo Britaniya Bosh shtabida tayyorlanayotgan operatsiya Qizil Armiya askarlari Berlinga bostirib kirgan paytda aynan shunday nomlangan.
Aql bovar qilmas reja SSSR ga qarshi urush qilishni nazarda tutardi. Sovet qo‘shinlari o‘sha paytdagi Reyxning poytaxtiga kirgandan so‘ng.
Shunday ekan, Yevropadan Rossiyani “Xavfsizlik Kengashidagi a’zoligini to‘xtatib qo‘yish kerak” deyishsa, bu hech qanday behuda gap, mulohaza va gipoteza emas. Bu shunchaki rejaning bir uchini chiqarish, ular ta’biri bilan aytganda, allaqachon faollashtirilgan qismi. O‘z mag‘lubiyati yoki bizning G‘alabamizni hech hazm qila olmagan barcha tomonidan tasdiqlangani. Va qasos uchun payt poylamoqda.
O‘z jasoratini o‘n millionlab hayotlari bilan to‘lagan g‘oliblar va yutqazganlarning o‘rnini almashtirish.
Mag‘lubiyatga uchraganlar va taslim bo‘lganlar, bizni bugungi G‘alabamizdan mahrum qilishni eng ko‘p xohlovchilar.