TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Rossotrudnichestvo vakolatxonasi Rossiya universitetlarida bepul ta’lim olish uchun arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha bir qator yuzma-yuz guruh maslahatlarini o‘tkazadi.
Education in Russia portalida buning uchun ariza topshirish mumkin.
Maslahat berish 27-29 dekabr kunlari soat 15:00 da Toshkentdagi Rus uyida (Russkiy dom) bo‘lib o‘tadi. Unga kirishni xohlovchilar oldindan ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
“Vakolatxona hududiga kirish faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat: pasport, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ID karta yoki haydovchilik guvohnomasi taqdim etilgandan so‘ng mumkin”, - deya ogohlantiradi “Rus uyi” matbuot xizmati.
30 dekabr kuni soat 12:00 da O‘zbekistondagi kvota kampaniyasi kanalida Toshkent shahrida istiqomat qilmaydiganlar uchun qo‘shimcha onlayn konsultatsiya bo‘lib o‘tadi.