TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiya neft narxini cheklash talabiga amal qilishni talab qilayotgan mamlakatlarga neft va neft mahsulotlarini yetkazib berishni taqiqlaydi. Bu haqida RF bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Hukumat raisi o‘rinbosari Prezident farmoni tayyorlanayotgani haqida eslatgan.
“Ushbu farmon doirasida shartnomalarda Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan narx chegarasiga rioya qilishni talab qiladigan mamlakatlar va yuridik shaxslarga neft va neft mahsulotlarini yetkazib berishni taqiqlanadi”, - deydi Novak.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva neft qazib olishni qisman qisqartirishga tayyor.
Ma’lumot o‘rnida, 5-dekabr kuni Rossiya neftini Yevropa Ittifoqiga dengiz orqali yetkazib berishga embargo kuchga kirdi. Yevropa Ittifoqi davlatlari 2 dekabrda, shuningdek, dengiz orqali yetkazib beriladigan Rossiya neftining barreliga to‘lash mumkin bo‘lgan yuqori narxni ham kelishib oldilar. Xuddi shunday qaror G7 davlatlari va Avstraliya tomonidan ham qabul qilingan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb davlatlarining ushbu qarorini bozor iqtisodiyoti tamoyillariga zid deb atadi va Rossiya bunday mamlakatlarga neft yetkazib bermasligini ta’kidlab o‘tgan edi.