O‘zbekiston ochiq va o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosatini izchil davom ettiradi

Prezident bundan keyin ham asosiy e’tibor Markaziy Osiyodagi barcha qo‘shni mamlakatlar va dunyodagi strategik sheriklarimiz bo‘lgan davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga qaratilishini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga navbatdagi murojaatnomasida mamlakatning tashqi siyosatiga to‘xtatilib o‘tdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda mamlakat ochiq va pragmatik, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosat izchil davom ettiradi.
“Bundan keyin ham asosiy e’tiborimiz Markaziy Osiyodagi barcha qo‘shni mamlakatlar va dunyodagi strategik sheriklarimiz bo‘lgan davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga qaratiladi”, - dedi Mirziyoyev.
Qolversa, milliy xavfsizlikni ta’minlash, Qurolli Kuchlarni jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi.
Norov: O‘zbekiston ko‘p tomonlama diplomatiya tamoyillariga sodiqligini namoyon etmoqda