TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari G‘arbiy harbiy okrug jangchilari frontning Kremenskoe hududida gumanitar yordam tarqatish paytida ukrainalik jangarilarning minomotdan o‘qqa tutishlariga duch kelishdi.
Bu haqda RIA Novosti muxbiri Viktor Antonyuk ma’lum qildi.
“Frontning oldingi chiziqlaridagi jangchilarga gumanitar yordam yetkazish berish to‘g‘risidagi lavhani suratga olayotgan edik. Zirhli texnikada harakatlanayotgan edik, bir payt Ukraina harbiylari mashinani minomot bilan o‘qqa tutishdi”, - dedi u.
Ta’kidlanishicha, buning oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.