Xorijliklar uchun onlayn murojaat qilish imkoni paydo bo‘ldi

Xorijliklar farzandini maktabga joylashi uchun onlayn murojaat qilishlari mumkin. Farzandlarni maktabga joylash uqun uchta hujjat kerak bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushgan yangi qulaylik tufayli endilikda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari ham farzandlarini maktabga joylashtirish uchun masofadan ariza bera oladi.
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun chet el fuqarolaridan quyidagilar talab qilinadi:
1.
o‘zi va farzandiga JShShIR olish;
2.
bolaning fan baholari qo‘yiladigan hujjati va uning o‘zbek tilidagi tarjimasi;
3.
bolaning sog‘ligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Agar arizani bolaning ota-onasi o‘rniga qonuniy vakil topshirsa, buni tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi. Xizmatdan foydalanish bepul.