JSST ma’lumotlariga ko‘ra, kuniga o‘rtacha 56 gramm shakar iste’mol qilgan insonda yurak-qon tomir xastaliklaridan o‘lim holati ushbu mahsulot meyoriga amal qilmaydiganlarga qaraganda ikki marta kam kuzatiladi.
Mutaxassislarning aytishicha, tanadagi ortiqcha shakar miqdori tez yog‘ga aylanadi. Bunday yog‘lar teri osti, oshqozon-ichak atrofi va qon tomir devorlariga yopishib, qonning oqishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada yuqori qon bosimi, miokard infarkti, insult kabi og‘ir xastaliklar kelib chiqadi.
Shuningdek, shakar:
yolg‘on ochlikni paydo qiladi;
o‘rganib qolish hissini chaqiradi;
organizmni V turdagi vitaminlardan mahrum qiladi;
yurakka nojo‘ya ta’sir etadi;
tanadan kalsiyni yuvib chiqaradi;
immun tizimini 15-20 barobar zaiflashtiradi;
insulinga sezgirlikni pasaytiradi.