TOShKENT, 15 dek - Sputnik. Rossiya prezidenti va hukumat a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Rivojlanish va milliy loyihalar bo‘yicha kengashning onlayn majlisda Vladimir Putin 2022-yilning iqtisodiy yakunlarini sarhisob qildi va istiqboldagi vazifalarni belgilab berdi.
Vladimir Putin 2023-yilda Rossiya hukumati oldida turgan oltita eng asosiy oltita vazifalarni belgilab berdi. Vazifalar quyidagicha:
1.
Asosiy xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, logistika va moliya sohasidagi cheklovlarni bartaraf etish, tashqi savdo va sarmoyaviy hamkorlikni oshirish.2.
Texnologik suverenitetni mustahkamlash va ishlab chiqarish sanoatining o‘sishini ortda qoldirib, ushbu sohadagi asosiy yo‘nalishlarda etakchilikka o‘tish.3.
Moliyaviy suverenitetni ta’minlash, Rossiya moliya tizimi ilgari G‘arb moliyalashtirish manbalari bilan qoplangan ehtiyojlarni qondirishi kerak.4.
Infratuzilmani jadal rivojlantirish, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini tartibga solish, uy-joy qurilishi va fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash zarur.5.
Qashshoqlik va tengsizlikning kamaytirish, fuqarolarning real daromadlarining o‘sishi, hududlar salohiyatidagi tafovutning kamayishi, daromadlarni oshirishning asosiy omili esa yuqori iqtisodiy o‘sish va yangi yaxshi haq to‘lanadigan ish o‘rinlari yaratish.6.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash siyosatini davom ettirish, aholi turmush darajasini oshirish.O‘z so‘zida Putin Rossiya iqtisodiga nisbatan G‘arb davlatlari tomonidan misli ko‘rilmagan sanksion tajovuz amalga oshirilishi, ulkan mablag‘larning o‘g‘irlanishi va rublni qulatishga qaratilgan ko‘plab urinishlar - hech qanday natija bermaganini va buni butun dunyo ko‘rganini ham aytib o‘tdi.
“Yil oxirida yalpi ichki mahsulotningqisqarishi qariyb 2,5 foiz bashorat qilinmoqda. Albatta, bu ham pasayishdir, lekin bu ko‘plab g‘arb va ochig‘ini aytganda, ba’zi mahalliy mutaxassislarimiz tomonidan bashorat qilingan 20 foizlik pasayish emas", - dedi Putin
"Rossiyadagi narxlar darajasi - mart-aprel oylaridagi jiddiy o‘sishdan so‘ng - may oyidan beri deyarli o‘zgarmadi va rus rubli yil boshidan beri dunyodagi eng kuchli valyutalardan biriga aylandi", - dedi Putin.
Federal budjet joriy va keyingi yillarda kichik taqchillik bilan bajariladi - YaIMning taxminan 2 foizi va bu ko‘rsatgich G20 mamlakatlari orasida eng yaxshi natijalardan biri bo‘ladi, - dedi Rossiya prezidenti.