TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Germaniya sobiq kansleri Angela Merkelning Minsk kelishuvlari haqidagi so‘zlari o‘zining ochiq-oydinligi bilan kishini qo‘rqitadi. Bu haqda Avstriya sobiq vitse-kansleri Xayns-Kristian Shtraxe ma’lum qildi.
“GFR sobiq kansleri Angela Merkel Minsk kelishuvlari jiddiy bo‘lmagani va Ukrainaga qaysidir ma’noda ehtimoliy harbiy rivojlanish uchun vaqt berish uchun imzolanganini ma’lum qildi. Merkel xonim bu haqda qanday ochiqlik bilan gapirayotgani qo‘rqitadi”, - dedi Shtraxe. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Sobiq vitse-kanslerning fikricha, bunday so‘zlar ishonch asosiga putur yetkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Merkel "Die Zeit" nashriga bergan intervyusida 2014-yilgi Minsk shartnomalari aslida Ukrainani qurollantirish uchun vaqt yutishga urinish bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Ukraina esa bundan kuchayish uchun foydalangan.