Bolqondagi harbiy-siyosiy inqiroz Vashington tomonidan yaratilgan va boshqariladi. AQSh Rossiya va Xitoyga qarshi strategik kurashda Yevropani o‘zining “itoatkor askari”ga aylantirishga harakat qilmoqda. Va shu bilan birga harbiy mojarolar bilan Eski dunyo resurslarini o‘z iqtisodiyotiga yo‘naltirib, Yevropa Ittifoqining raqobatbardosh iqtisodiyotini “falajlantirmoqchi”.
11 dekabr kuni oqshomda 10 ming nafar serb maxsus xizmat harbiylari, 63-parashut-desant brigadasi, jandarmeriya kuchlari Kosovo tomonga harakatlandi.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich o‘z xalqiga murojaatida bu kun u uchun 2017-yildan beri eng og‘ir kun bo‘lganini aytdi. Xalqaro hamjamiyat Kosovo “hukumati”ning o‘lka hududidagi anklavlarni likvidatsilashga urinishlariga ko‘z yummoqda.
Serbiya prezidentining fikricha, “Amerika Bolqonda 24-yilda mahluq bo‘lib o‘sgan bolasini allalamoqda”.
Belgrad 15-dekabr kuni KFOR (NATOning Kosovodagi missiyasi)ga Birlashgan Millatlar tashkiloti Xavfsizlik kengashi 1244 rezolyutsiyasiga muvofiq Kosovo va Metoxiya hududida qurolli kuchlarini joylashtirish uchun so‘rov yuborishni rejalashtirmoqda.
Kosovo so‘nggi oylarda notinch. Serbiya Qurolli Kuchlari 1-noyabrdan buyon o‘zini Kosovo Respublikasi deb e’lon qilgan hukumat tomonidan beriladigan har qanday provokatsiyaga operativ ravishda javob berish uchun yuqori darajada shay holatda turibdi. Vaqti-vaqti bilan otishmalar sodir bo‘lmoqda, Kosovo Mitrovitsesida beshta portlash bo‘lgan.
Brussel kelishuvlariga qaramay, 8-dekabr kuni serblar yashaydigan Kosovo va Metoxiya shimoliga “o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Kosovo Respublikasi”ning 300 nafar maxsus xizmat xodimlari hujum qilgan.
Avvalroq parlamentning navbatdan tashqari yig‘ilishida Aleksandr Vuchich Prishtinaning bir tomonlama qadamlari tufayli Kosovoda shiddatli mojaro kelib chiqish xavfi yaqin va jiddiy ekanini ta’kidlagan edi.
Serbiyaning yangi hukumati oktabr so‘nggida Kosovoni mamlakat tarkibida saqlab qolish mas’uliyatini oldi. Bir vaqtda “o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Kosovo Respublikasi” rahbarlari serbliklarning mashina raqamlarini qaytadan majburiy ro‘yxatdan o‘tkazishni qoldirishdan bosh tortdi, bu esa yanada taranglikka sabab bo‘ldi.
Rossiyaning o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Kosovoni tan olmaslik borasidagi pozitsiyasi ma’lum va doimiy mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ta’biri bilan aytganda, “hech qachon o‘zgarmaydi”.
Moskva diskriminatsion qoidalarning qo‘llanilishi, serb aholisining shaxsiy hujjatlari va registratsiya raqamlarini qaytadan majburiy o‘zgartirishlarni aholi huquqlarini radikallar o‘zboshimchaligidan himoya qilishni ta’minlaydigan davlat institutlarining Kosovodan siqib chiqarilishi deb hisoblaydi.
Bolqon chegarasi-2022
Bolqonda yangi harbiy mojaro kelib chiqish ehtimoli ancha katta.
NATO bo‘yicha ittifoqdoshlar bugungi kunlarda 1999-yilda bo‘lgani kabi Belgradni bombardimon qilishni takrorlay olmaydi. Chunki so‘nggi o‘n yillarda mustahkamlangan va kuchga to‘lgan serb aviatsiyasi va artilleriyasidan minglab askarlarni yo‘qotishi ehtimoli yuqori.
Serbiya bilan proksi urushda alyans kosovolik “mahluq” (armiyaga aylantirilgan alban politsiyasi)dan foydalanmoqda.
Rossiyaning Serbiyadagi elchisi Aleksandr-Botsan-Xarchenko bugun Prishtina “oshkora va bezbetlarcha” Kosovoning serblar istiqomat qiladigan tumanlarni o‘zlashtirish uchun shafqatsiz kuchlarga pul tikayotganini aytdi.
Aleksandr Vuchich 11-dekabr kuni Kosovo “hukumati”dan hibsga olingan etnik serblarni zudlik bilan ozod qilishini talab qildi. Ammo bu AQShning Kosovo asosiy aholisi “yumshoq genotsidi”ni to‘xtatishi dargumon.
Indeyeslar va boshqa aborigenlarni yo‘q qilish- amerikaliklarning “genetik kodi”da yozilgan. Bundan tashqari, atlantikachilar Belgradni Rossiyaning Yevropadagi “Troya oti” deb hisoblaydi va Serbiyani xuddi Bolqon limitroflari (masalan, Bolgariya, Ruminiya, Sloveniya, Xorvatiya kabi) boshqariladigan mamlakatga aylantirishga harakat qilmoqda.
Sobiq politsiyachi Deyana Pantich Kosovo hukumati tomonidan “terrorizmda ayblanib" hibsga olingandan so‘ng, kosovolik serblar 10-dekabr kuni viloyat shimolidagi magistral yo‘llarga barrikadalar o‘rnatdi. Kuni kecha “o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Kosovo Respublikasi” maxsus xizmati Gazivoddagi GES va to‘g‘onni bosib oldi. U yerda viloyat shimolida serblar istiqomat qiluvchi to‘rtta tuman uchun suv manbai joylashgan. Noroziliklar kengaymoqda, Kosovo va Metoxiya shimolida serb maktablari faoliyatini to‘xtatdi.
Kosovodagi politsiyachilar o‘zboshimchaligini tinchlashtirishda BMT va YeI ning aralashuvi yetarli bo‘lar edi, biroq ular hozir faqat shantaj qilish, faktlarni buzib ko‘rsatish va Belgrad tomonga ultimatumlar qo‘yish bilan ovora.
Avvalroq, Prishtinaga tashrifi chog‘ida Germaniya kansleri Olaf Shols Belgradni “Kosovoni tan olish jarayonlarida pragmatik bo‘lish”ga chaqirgan va busiz mamlakat Yevropa Ittifoqi tarkibiga go‘yoki kira olmasligini aytgan edi.
Mamlakatda sun’iy yaratilgan (buyurtma qilingan) qaltis vaziyatlarni Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlar teatridagi muvaffaqiyatlari bilan birlashtirish sog‘lom mantiqdan bo‘lar edi. Atlantikachilar (aniqrog‘i, AQShning Prishtinadagi elchixonasi xodimlari) Kosovodagi etnik serblarni himoya qilishga undab Serbiyani harbiy harakatlarga, maxsus harbiy operatsiyasi maydonida rus qo‘shinlarining qishki keng ko‘lamli hujumini to‘xtatish uchun Rossiyani serblar tomonidan turib mojaroga tortishga majbur qilishmoqda.
Moskva chindan ham Prishtina va NATO qo‘shinlari bilan bo‘ladigan taxminiy vaziyatda Belgradga harbiy-texnik, iqtisodiy, va siyosiy-diplomatik jihatdan yordam berishi mumkin. Nazarimda, bu Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlar sur’atini susaytirib qo‘ymaydi.
Rossiya Davlat Dumasi Kosovoni majburiy “davolash” va dunyo tartibining amerikancha “qoidalari”ni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini aniqlab oldi. Jumladan, “Kosovo Respublikasi”ning Yevroittifoqqa kirish harakatlarini ham. Eslatib o‘taman, Yevropa Ittifoqining besh a’zosi (Gretsiya, Ispaniya, Kipr, Slovakiya, Ruminiya) bunday mamlakat mavjudligini tan olmagan.
Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik Serbiyaga so‘nggi yillarda mudofaa salohiyatini mustahkamlash imkonini berdi. Belgrad Moskvadan sovg‘a sifatida oltita MiG-29 qiruvchilari va o‘nta BRDM-2MS bronetransporterlari, shuningdek, yettita Mi-17 va Mi-35 vertoletlari, o‘ttizta modernizatsiyalangan T-72MS tanklari, o‘ttizta BRDM-2 zirhli mashinalari, oltita "Pansir-S1" raketa-pushka komplekslarini oldi.
Serbiya armiyasining jangovar safida 25 ming harbiy, 117 samolet va vertolet, 323 ta tank, 1133 boshqa texnika, 406 raketa o‘rnatmalari (RSZO), qariyb 497 ta artilleriya qurollari bor.
Serbiyaning dengizga yo‘li yo‘q, ammo Dunayda oltita patrul kateri, to‘rtta mina tralshiklari va ikkita ponton batalonlari bilan daryo flotiliyasi faoliyat yuritadi. Belgrad butun mamlakat hududida tartib o‘rnatish uchun yetarli darajada harbiy salohiyatga ega. (Global Firepower reytingi bo‘yicha 61 o‘rin).
Prishtina tomonda esa – kollektiv G‘arb. Agar ertaga urush bo‘lsa, NATO rahbarligidagi KFOR xalqaro tinchlikparvar kuchlari Kosovo jangarilari bilan birgalikda vayron bo‘ladi. KFOR kuchlari BMT Xavsizlik kengashining 1999-yildagi 1244 sonli rezolyutsiyasiga muvofiq muvaffaqiyatsiz faoliyat yuritib kelmoqda va Kosovodagi barcha elatlar uchun xotirjam muhit va erkinlikni ta’minlay olmadi.
KFOR kontingentida NATOning 28 a’zosi va sheriklarining 3775 nafar harbiylari bor. Tan olinmagan “Kosovo Respublikasi” hududida KFOR G‘arb uchun qulay bo‘lgan fursatda harbiy mojaro keltirib chiqara oladi xolos.
Son-sanoqsiz provokatsiyalar va urushlar- Pentagon va NATO “tinchlikparvar” faoliyatining odatiy yo‘li.